Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, taxminiy qiymati 5 mln. so‘mlik mazkur gilam sudning qonuniy qarori qabul qilinguniga qadar vaqtincha olindi.
Qayd etilishicha, “Toshkent–Almata“ xalqaro yo‘lovchi poyezdi orqali chet davlatga chiqib ketayotgan yo‘lovchining yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, yuklari orasida 1 dona gilam borligi aniqlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, gilam vaqtincha saqlovga olinib, holatga aniqlik kiritish maqsadida badiiy ekspertiza tayinlangan.
Madaniy meros agentligining tegishli xulosasiga ko‘ra, ushbu gilam badiiy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan madaniy boylik sifatida baholanib, O‘zbekiston hududidan olib chiqilishi mumkin emasligi ma’lum qilindi.