Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp Putindan norozi yaqin kunlarda Rossiyaga «nimadir bo‘lishi»ni aytdi

Tramp Putindan norozi yaqin kunlarda Rossiyaga «nimadir bo‘lishi»ni aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaning Ukrainadagi shifoxonaga ehtimoliy zarbasi yuzasidan jiddiy bayonot berishini ma’lum qildi. U Vladimir Putin harakatlaridan norozilik bildirib, dushanba kuni muhim bayonot bilan chiqishini va’da qildi.

C-SPAN telekanali tarqatgan lavhalarga ko‘ra, Donald Tramp jurnalistlar savoliga javoban Rossiya armiyasi tomonidan Ukrainadagi shifoxonaga qilingan ehtimoliy zarba haqida qisqacha gapirdi. U: «Bilaman. Ko‘rasizlar, yana bir ishlar bo‘ladi», – deb javob berdi.

U bu gap orqali qanday choralar ko‘rilishi haqida aniq ma’lumot bermagan bo‘lsa-da, bu mavzu bo‘yicha dushanba kuni muhim bayonot e’lon qilishini aytdi.

Avvalroq Tramp Rossiyaga nisbatan «katta bo‘lmagan syurpriz» tayyorlanayotganini aytgan va Putinning so‘nggi harakatlaridan norozi ekanini ta’kidlagan edi. Bu bayonot AQShdagi siyosiy muhitda jiddiy muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Shu bilan birga, AQShning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog 14 iyul kuni Kiyevga yetib borishi va u yerda butun hafta davomida faoliyat yuritishi ma’lum qilindi. Bu Vashingtonning Ukrainaga nisbatan qo‘llab-quvvatlovi davom etayotganini ko‘rsatadi.

Tahlilchilarga ko‘ra, Trampning bayonoti uning Rossiyaga nisbatan pozisiyasida o‘zgarishlar borligidan dalolat berishi mumkin.

Kiritildi: 16:45 12.07.2025. O'qildi: 1004 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!