Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lmagan aholiga nafaqa va moddiy yordam tayinlandi

Pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lmagan aholiga nafaqa va moddiy yordam tayinlandi

2025 yilning birinchi yarim yilida pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lmagan 48 771 nafar fuqaroga davlat tomonidan turli ko‘rinishdagi ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam va kompensasiya to‘lovlari tayinlab berildi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–iyun oylarida pensiya tayinlash uchun ish stajiga ega bo‘lmagan 48 771 nafar fuqaroga davlat tomonidan ijtimoiy to‘lovlar tayinlangan. Ushbu to‘lovlar aholining himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Xususan, 6 811 nafar fuqaroga yoshga doir nafaqa, 16 014 nafarga nogironlik nafaqasi, 3 770 ta oilaga boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi berildi. Shuningdek, 18 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalar uchun 14 115 nafar fuqaroga, parvarishlash uchun esa 6 144 nafar fuqaroga to‘lov tayinlangan.

Bundan tashqari, 1 252 nafar yolg‘iz keksalar va parvarishga muhtoj nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy yordam ko‘rsatilgan, 612 nafar fuqaroga esa uy-joy va kommunal xizmatlar uchun kompensasiya puli ajratilgan.

Yig‘ilgan ma’lumotlarga ko‘ra, parvarish va ta’minot uchun to‘lov asosida 42 nafar bola tarbiya (patronat) oilasiga joylashtirilgan. Shuningdek, 11 nafar bola oilaviy bolalar uyiga qabul qilingan.

Ijtimoiy himoya tizimining samaradorligi va keng qamrovliligini ta’minlash maqsadida bunday to‘lovlar muttasil ravishda amalga oshirib borilmoqda.

Kiritildi: 16:37 12.07.2025. O'qildi: 678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!