AQSh Davlat kotibi Marko Rubio NATO ittifoqchilari Ukraina uchun barcha qurol-yarog‘lar uchun haq to‘lashini aytdi.
U shu tariqa NBC News telekanalida AQSh prezidenti Donald Trampning so‘zlariga izoh berdi.
"Biz ittifoqchilarimizni Ukrainaga zarur bo‘lgan qurol-yarog‘, mudofaa tizimlari bilan ta’minlashga undashda davom etamiz, keyin esa ular o‘z zaxiralarini to‘ldirish uchun biz bilan alohida moliyaviy kelishuvlar tuzishi mumkin", - dedi Rubio.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainaga kerak bo‘lgan ba’zi tizimlar Yevropadagi ittifoqchilar uchun mavjud.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bloomberg nashri AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni 14 iyul kuni e’lon qilishi mumkinligi haqida xabar bergandi.