Vashington ma’muriyati Kubaning ayrim rasmiylariga, jumladan, respublika prezidenti Migel Dias-Kanel va ikki vazirga nisbatan viza sanksiyalarini joriy qildi.
Bu haqda AQSh davlat kotibi Marko Rubio bayonotida aytilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh “rejimning asosiy yetakchilarini inson huquqlarini qo‘pol ravishda buzishga aloqadorligi uchun sanksiyalar ro‘yxatiga kiritmoqda”.
Rubioning ta’kidlashicha, bu amaldorlar orasida Dias-Kanel, Kuba inqilobiy qurolli kuchlari vaziri Alvaro Lopes Myera va ichki ishlar vaziri Lazaro Alberto Alvares Kasas bor. Yuqorida qayd etilgan cheklovlar ularning oila a’zolariga, shuningdek, respublika adliya va jazoni ijro etish tizimi organlarining ayrim xodimlariga nisbatan qo‘llaniladi. Ularning ismlari va lavozimlari ko‘rsatilmagan. Amerika tomoniga ko‘ra, ular “2021 yil iyulida namoyishchilarning noqonuniy hibsga olinishi va qiynoqlarga qo‘llanilishi”da ishtirok etgan.
Bayonotda, Qo‘shma Shtatlar Kubadagi Vashingtonning Kuba hukumati bilan bog‘liq deb hisoblagan 11 mulkiga, jumladan Gavanadagi Torre K mehmonxonasiga ham sanksiya kiritayotgani ta’kidlandi. Mulklarning to‘liq ro‘yxati berilmagan.