Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Suriyadagi portlashda kamida 5 nafar inson halok bo‘ldi

Suriyadagi portlashda kamida 5 nafar inson halok bo‘ldi

Suriya shimolidagi Aleppo shahri yaqinidagi qurol omborida sodir bo‘lgan portlashda kamida 5 kishi halok bo‘ldi, 14 kishi yaralandi.

Bu haqda fuqarolik mudofaasi xizmatidagi manbalarga tayanib, Al Mayadeen telekanali xabar berdi.

Unga ko‘ra, Suriyaning sobiq havo mudofaa bazasida o‘q-dorilarning portlashiga nima sabab bo‘lgani — ombordagi yong‘in yoki Isroil harbiy-havo kuchlarining unga berilgan zarbasi hozircha noma’lum.

Guvohlarning xabar berishicha, portlash sodir bo‘lgan Neyrab hududida harbiy ob’ekt yaqinida joylashgan bir qancha binolar zarar ko‘rgan.

Kiritildi: 09:20 12.07.2025. O'qildi: 603 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!