Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQShning Kiyevga 500 million dollarlik harbiy yordam ko‘rsatishi ma’qullandi

AQShning Kiyevga 500 million dollarlik harbiy yordam ko‘rsatishi ma’qullandi

Senat Qurolli kuchlar qo‘mitasi Ukrainaga 2028 yilgacha harbiy yordam ko‘rsatish uchun 500 million dollar ajratilishini ma’qulladi. Ushbu qo‘mita tomonidan ma’qullangan 2026-moliya yili uchun AQSh mudofaa byudjeti loyihasiga tegishli band kiritilgan.

Bu haqda qo‘mita tomonidan e’lon qilingan asosiy hujjatlarda aytilgan.

Qayd etilishicha, u qabul qilgan qarorlar "Ukraina xavfsizligiga ko‘maklashish tashabbusini 2028 yilgacha uzaytirish va bu dastur uchun moliyalashtirishni 500 million dollargacha kengaytirish”.

Qo‘mita tomonidan taklif etilgan harbiy byudjetda "AQShning Ukrainaga ishonchli mudofaa va oldini olish qobiliyatini ta’minlashda yordam berish, shuningdek, Ukrainani himoya qilish va kelajakda tajovuzni to‘xtatishga qodir Ukraina Qurolli Kuchlarini yaratish uchun mudofaa va xavfsizlik sohasida Ukraina bilan hamkorlikni kuchaytirish siyosati" deb e’lon qilingan.

Umuman olganda, Vakillar palatasining Qurolli kuchlar qo‘mitasi kelasi yil AQSh harbiy ehtiyojlari uchun 924,7 milliard dollar ajratishni ma’qulladi.

Kiritildi: 08:50 12.07.2025. O'qildi: 554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!