Tesla kelgusi hafta Hindistonda o‘zining birinchi ko‘rgazma zalini ochadi va kelasi oyning boshidanoq mijozlarga elektr transport vositalarini yetkazib berishni boshlaydi.
Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Teslaning birinchi hind ko‘rgazma zali 15 iyulda Mumbayda, ikkinchisi esa Nyu-Dehlida iyul oxirida ochiladi. Agentlik manbalariga ko‘ra, potensial xaridorlar ko‘rgazma zallarida narxlar va mavjud trim darajalari haqida ma’lumot olishlari mumkin bo‘ladi.
Avtomobillarning birinchi partiyasi, orqa g‘ildirakli Model Y yo‘ltanlamaslari Xitoydagi zavoddan allaqachon mamlakatga yetib kelgan va ularni yetkazib berish avgust oyida boshlanadi.
Hindiston dunyodagi uchinchi yirik avtomobil bozoridir va uning rivojlanishi Tesla kompaniyasiga boshqa mintaqalarda sotuvlar sekinlashishini qoplashga yordam berishi mumkin. Ikkinchi chorakda kompaniya yetkazib berishni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,5 foizga – 384 122 ta avtomobilgacha kamaytirdi. Bu pasayish kompaniya tarixidagi eng yomoni bo‘ldi va pasayish ketma-ket ikkinchi chorak oxirida qayd etildi.
Avvalroq Tesla top-menejmenti kompaniyaning Hindiston bozoriga kirishi yo‘lidagi asosiy to‘siq yuqori import bojlari ekanligini, xorijda ishlab chiqarilgan 40 ming dollargacha bo‘lgan avtomobillar uchun 70 foizga yetganini ta’kidlagan edi.