11 iyul kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning bosh maslahatchisi va Prezident huzuridagi iqtisodiy siyosat bo‘yicha kengash a’zosi Yigit Bulut vafot etdi.
Bu haqda turk OAVlari xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda bosh maslahatchining sog‘lig‘i yomonlashgan. U saraton kasalligiga qarshi uzoq muddat davolandi.