Polsha chegarachisi Belarus bilan chegarada jarohat oldi.
Bu haqda Polsha ichki ishlar va ma’muriyat vaziri o‘rinbosari Machey Dushchik RadioZet radiostansiyasi efirida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida Polsha va Belarus chegarasida noqonuniy migrantlar faolligi oshgani kuzatilgan. Chegarachilar tomonidan 115 ta chegarani kesib o‘tishga urinish qayd etilgan, ularning 98 foizi to‘xtatilgan.
"Olti nafar xorijlik afg‘on fuqarosi daryoni kesib o‘tishga uringan holat bo‘lgan. Ular daryoni kesib o‘tishgach, polshalik chegarachilar allaqachon u yerda bo‘lishgan", - dedi u chegarachilardan biri yengil jarohat olganini ta’kidladi. U ko‘ziga zarba oldi. Hodisa aybdori Belarusga qaytarildi.