Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Interpol odam savdosida gumon qilingan 160 ga yaqin shaxs hibsga oldi

Interpol odam savdosida gumon qilingan 160 ga yaqin shaxs hibsga oldi

Odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha keng ko‘lamli xalqaro operasiya natijasida kamida 158 nafar gumondor qo‘lga olindi. Hozirda olib borilayotgan tergov doirasida jinoiy faoliyatga aloqadorligi aytilayotgan yana 205 nafar shaxsning shaxsi ham aniqlangan.

Bu haqda Interpol press-relizida ma’lum qilindi.

"Operasiyada 43 mamlakatdan 15 mingga yaqin huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, jumladan polisiya, chegarachilar, mehnat inspektorlari, shuningdek, soliq va bojxona organlari ishtirok etdi”, — deyiladi agentlik xabarida.

U yerda “Global zanjir” operasiyasi 2025 yilning 1-6 iyun kunlari Avstriya va Ruminiya huquq-tartibot idoralari rahbarligida bo‘lib o‘tgani ta’kidlandi. Muvofiqlashtirish va qo‘llab-quvvatlash Interpol, Yevropol va Yevropa chegara va qirg‘oq qo‘riqlash agentligi tomonidan amalga oshirildi.

Tergovchilar, shuningdek, 64 xil davlat fuqarolari bo‘lgan "1194 potensial qurbonlar" aniqlangani haqida xabar berishdi, ularning aksariyati Ruminiya, Ukraina, Kolumbiya va Xitoydan. Qayd etilishicha, operasiya davomida salkam 278 ming yevro naqd pul, qalbaki hujjatlar, giyohvand moddalar va o‘qotar qurollar musodara qilingan.

Kiritildi: 15:30 11.07.2025. O'qildi: 608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!