Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Germaniya yadroviy davlatga aylanadimi?

Germaniya yadroviy davlatga aylanadimi?

MAGATE rahbari Rafael Grossining 9 iyul kuni bildirishicha, Germaniya bir necha oy ichida yadroviy qurol yaratish imkoniyatiga ega. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hozircha faqat gipotetik ssenariy bo‘lsa-da, Berlinda yetarli yadroviy materiallar, texnologiyalar va mutaxassislar mavjud.

"Bu ular uchun juda kam vaqt talab qilardi — ehtimol, bir necha oy", — dedi Grossi. Biroq u ta’kidladi: Germaniya rasman yadroviy qurol yaratish niyatida emas.

Grossi qayd etganidek, Yevropa davlatlari yadroviy qurolning oqibatlarini anglab, undan voz kechgan. "Hech bir davlat faqat insoniylik ila harakat qilmaydi — bu faqat milliy manfaatlar bilan bog‘liq", — dedi u.

Shu bilan birga, Germaniyada yadroviy siyyosat bo‘yicha ichki bahslar kuchaymoqda. XDS/XSS yetakchilaridan Yens Shpan AQShning Germaniyadagi yadroviy qurollari endi Rossiyaga qarshi yetarlicha to‘siq bo‘lolmasligini bildirib, Fransiya yoki Buyuk Britaniya arsenaliga kirish taklifini berdi. Berlin bu taklifni rad etdi.

Kansler Fridrix Mers Yevropa yadroviy siyyosati mustahkamlanishini qo‘llab-quvvatladi, ammo buni faqat AQSh "yadroviy zontigi"ga qo‘shimcha deb atadi. U Parij va London bilan ushbu masalani muhokama qilishni rejalashtirganini ma’lum qilgan.

Ayni paytda, AQShning taxminan 20 ta B-61 turdagi yadroviy bombasi Germaniyaning Byuxel aviabazasida saqlanayotgani aytilmoqda. NATO bu borada rasmiy raqamlarni oshkor qilmaydi. Germaniya esa 2022 yilda ushbu bazada eski Tornado o‘rniga 35 ta F-35 samolyoti joylashtirishga qaror qilgan.

Kiritildi: 13:11 10.07.2025. O'qildi: 908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!