Los-Anjelesda tunnel qulab tushdi, 15 ga yaqin odam uning ostida qolib ketdi.
Bu haqda shtatning mahalliy o‘t o‘chirish boshqarmasi ma’lum qildi.
"Uilmington hududi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sanoat tunnelining qulashi tufayli 15 ga yaqin tunnel ishchilari uning ostida qolib ketdi", - deyiladi xabarda.
Ehtimoliy jarohat olganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Tunnel sanitariya sharoitini yaxshilash loyihasi doirasida qurilgan.