AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini faqat uning cheklovlarni bekor qilish vakolatlari kengaytirilsagina qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
Bu haqda Politico gazetasi AQSh ma’muriyatidagi manbalariga tayanib xabar berdi.
Nashrning qayd etishicha, qonun loyihasi hozirgi ko‘rinishda prezidentga "Rossiya nefti va uranini sotib oluvchi mamlakatlarga 180 kun davomida 500 foizlik bojlarni olib tashlash" imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, qonun loyihasi hammuallifi bo‘lgan amerikalik senator Lindsi Grem (Janubiy Karolinadan respublikachi) uni Tramp Kongress ruxsati bilan tariflarni bekor qilish imkoniyatiga ega bo‘ladigan tarzda qayta ko‘rib chiqishga rozi bo‘ldi.
"Ma’muriyat o‘zgarishlar prezidentning tariflarni bekor qilish vakolatlarini shunday kuchaytirishni istaydiki, Kongress Tramp sanksiyalarni to‘xtatishga qaror qilsa, uni to‘xtata olmaydi", — deb yozadi Politico.
Gazetaga ko‘ra, davlat rahbari "ko‘proq nazorat o‘rnatsa"gina "qonun loyihasini imzolashga tayyor".