Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Buyuk Britaniya va Fransiya yadroviy to‘xtatuvchi kuchlarni muvofiqlashtirishga kelishib oldi

Buyuk Britaniya va Fransiya yadroviy to‘xtatuvchi kuchlarni muvofiqlashtirishga kelishib oldi

10 iyul kuni Buyuk Britaniya va Fransiya ikki davlatning yadroviy to‘xtatuvchi kuchlarini muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi deklarasiyani imzolaydi.

Bu haqda Agence France-Presse (AFP) xabar bermoqda.

"Birlashgan Qirollik va Fransiya ikki davlatning yadroviy to‘xtatuvchi kuchlari mustaqil bo‘lib qolgan holda, kelishib olinishi mumkinligini e’lon qiladi... Payshanba kuni imzolanadigan deklarasiyada tegishli to‘xtatuvchi kuchlar mustaqilligicha qolishi, "lekin muvofiqlashtirilishi mumkin", deb ta’kidlanadi agentlik Yelisey saroyi va Britaniya hukumatining o‘z ixtiyoridagi bayonotiga tayanib.

May oyida London yadro arsenalini kengaytirishni rejalashtirayotgani va Vashingtondan B61 yadro bombalarini olib yurishga qodir bo‘lgan F-35A qiruvchi samolyotlarini sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani ma’lum bo‘ldi. Ayni paytda Britaniya yadroviy qurollari to‘rtta Vanguard toifasidagi yadroviy suv osti kemalarida joylashtirilgan. Bu suv osti kemalari Amerikaning Trident II ballistik raketalarini olib yuradi.

Bundan oldin Fransiya prezidenti Emmanuel Makron uning mamlakati 2035 yilga borib Rossiyani tiyib turish strategiyasi doirasida yadro kallaklari va yangi avlod qiruvchilariga ega gipertovushli raketalarni joylashtirishini aytgan edi.

Kiritildi: 10:00 10.07.2025. O'qildi: 547 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!