Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Donesk viloyatiga uyushtirilgan dron hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Donesk viloyatiga uyushtirilgan dron hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Donesk viloyatida Rossiya dronlarining hujumlari natijasida bir kishi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi.

Bu haqda Donesk viloyati davlat ma’muriyati rahbari Vadim Filashkin o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qilgan.

Unga ko‘ra, Kostyantinivka va Dobropolya shaharlariga hujum qilingan.

"Kostyantinivkada FPV-dron hujumi natijasida bir kishi halok bo‘ldi. Besh nafar yaradorning hammasi Dobropolyada. Shaharga ham dronlar hujum qilgan. Do‘kon va 7 ta mashina zarar ko‘rgan", deb yozadi u.

Filashkin, shuningdek, tinch aholini zudlik bilan xavfsizroq hududlarga evakuasiya qilishga chaqirdi.

Kiritildi: 09:10 10.07.2025. O'qildi: 557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!