Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Hutiylar hujumga uchragan Eternity C ekipaj a’zolarini o‘g‘irlab ketishdi

Hutiylar hujumga uchragan Eternity C ekipaj a’zolarini o‘g‘irlab ketishdi

"Ansor Alloh" isyonchilar harakati hujumi natijasida Qizil dengizda cho‘kib ketgan Gresiyaning Eternity C yuk kemasi ekipaj a’zolarini o‘g‘irlab ketishdi.

Bu haqda AQShning Yamandagi elchixonasi bayonotida aytilgan.

"Hutiylar bir nechta dengizchilarni o‘ldirib, kemani cho‘ktirgan va qutqaruv ishlariga to‘sqinlik qilgandan so‘ng Eternity C kemasining omon qolgan ko‘plab ekipaj a’zolarini o‘g‘irlab ketishdi. Biz ularning zudlik bilan va shartsiz qo‘yib yuborishlarini talab qilamiz. Husiylar nima uchun Qo‘shma Shtatlar ularni terrorchi tashkilot deb ataganini butun dunyoga ko‘rsatishda davom etmoqda", - dedi AQSh diplomatik missiyasi.

Yuk tashuvchi kema ekipaji 21 nafar filippinlik va bir nafar Rossiya fuqarosidan iborat edi.

Kiritildi: 08:50 10.07.2025. O'qildi: 951 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!