Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Hutiylar tomonidan hujumga uchragan yuk kemasi Qizil dengizda cho‘kib ketgani tasdiqlandi

Hutiylar tomonidan hujumga uchragan yuk kemasi Qizil dengizda cho‘kib ketgani tasdiqlandi

Buyuk Britaniya Harbiy-dengiz kuchlarining Dengiz savdo operasiyalari markazi (UKMTO) Gresiyaning Eternity C yuk kemasi hujumdan so‘ng Qizil dengizda cho‘kib ketganini tasdiqladi.

Bu haqda UKMTOning X ijtimoiy tarmog‘idagi postida aytilgan.

"UKMTO kema cho‘kib ketgani haqida ma’lum qildi. Qidiruv-qutqaruv operasiyasi davom etmoqda", - deyiladi markaz xabarida.

Avvalroq UKMTO 7 iyul kuni kema beshta snaryad bilan urilgani haqida xabar bergan edi. Ertasi kuni kichik motorli qayiqlarning hujumi davom etdi, yuk kemasi jiddiy shikastlandi va harakatini yo‘qotdi. Hodisa Yamanning Hodeyda port shahridan 51 dengiz mili g‘arbda sodir bo‘lgan. Britaniya harbiy-dengiz kuchlariga ko‘ra, ekipajning besh a’zosi qutqarib olingan.

Reuters xabariga ko‘ra, hujum oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘lgan. 9 iyul kuni Yevropaning Aspides dengiz missiyasi qutqaruvchilari Qizil dengiz suvlaridan olti nafar ekipaj a’zosini olib chiqdi. Qolgan 15 kishi 9 iyul kuni kechki paytgacha bedarak yo‘qolgan.

"Ansor Alloh" isyonchi harakatining yamanlik hutiylari yuk kemasiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Kiritildi: 08:40 10.07.2025. O'qildi: 935 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!