Falastinning XAMAS harakati Dohadagi maslahatlashuvlar chog‘ida G‘azo sektorida garovga olingan 10 nafar isroillikni ozod qilishga rozi bo‘lganini ma’lum qildi.
Bu haqda xarakatning Telegramdagi kanalida e’lon qilingan rasmiy bayonotda aytiladi.
"XAMAS muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tishini istaydi va shu sababli 10 nafar garovga olingan odamni ozod qilishga rozi bo‘ldi. Biroq, bir qator fundamental masalalar bo‘yicha maslahatlashuvlar davom etmoqda: bu, xususan, G‘azoga gumanitar yordam olib kirish, u yerdan Isroil qo‘shinlarini olib chiqish va doimiy o‘t ochishni to‘xtatishning haqiqiy kafolatlarini ta’minlashga taalluqlidir", - deyiladi bayonotda.