Slovakiya Yevropa Ittifoqi mamlakatlari elchilari darajasida hamjamiyat tomonidan Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketining qabul qilinishini yana blokladi.
Bu haqda TASR axborot agentligi xabar berdi.
EIdagi diplomatik manbalarga ko‘ra, 18-sanksiya paketini qabul qilish bo‘yicha murosaga kelinishi mumkin. Agentlik avvalroq Slovakiya 4 iyul kuni Bryusseldagi elchilar darajasida Rossiyaga qarshi yangi hamjamiyat sanksiyalarini bloklagani haqida xabar bergan edi.
Slovakiya hukumati, mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Yevrokomissiya (EK) tomonidan 2028 yil 1 yanvardan boshlab Rossiyadan gaz importini taqiqlash bo‘yicha respublikaga kompensasiya to‘lash va uning salbiy oqibatlarini minimallashtirish masalasi hal etilmaguncha, YEI tomonidan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarga veto qo‘yish niyatida.