Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Zelenskiy Rimda AQSh prezidentining maxsus vakili bilan uchrashdi

Zelenskiy Rimda AQSh prezidentining maxsus vakili bilan uchrashdi

Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy Rimda AQSh prezidentining maxsus vakili Keyt Kellog bilan uchrashuvni boshladi.

Bu haqda Ukrainaning "Strana" nashri xabar berdi.

"Zelenskiyning Rimda Trampning vakili Kellog bilan uchrashuvi boshlandi", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Zelenskiy Rimga 9 iyul kuni kelgan va u yerda Italiya prezidenti Serjio Mattarella bilan uchrashgan. Ukraina rahbari Rim papasi Lev XIV bilan ham uchrashdi.

2025 yil 10-11 iyul kunlari Rimda Ukrainani qayta tiklash bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tadi va unga bosh vazir Jorj Maloni mezbonlik qiladi.

Kiritildi: 23:30 09.07.2025. O'qildi: 697 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!