Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Nvidia tarixda 4 trillion dollardan ortiq bozor qiymatiga erishgan birinchi kompaniyaga aylandi

Nvidia tarixda 4 trillion dollardan ortiq bozor qiymatiga erishgan birinchi kompaniyaga aylandi

Grafik prosessorlarga ixtisoslashgan Nvidia kompaniyasining kapitallashuvi 4 trillion dollardan oshdi. Kompaniya tarixda birinchi marta bunday bozor qiymatiga erishdi.

Bu haqda savdo ma’lumotlari darak bermoqda.

Toshkent vaqti bilan 19:48 holatiga ko‘ra, Nvidia aksiyalarining narxi har bir qimmatli qog‘oz uchun 164 dollargacha bo‘lgan va 2,53 foizga oshgan.

O‘tgan yilning dekabr oyida Daniyaning Saxo Bank kompaniyasi 2025 yil uchun "hayratlanarli prognozlar" haqida gapirar ekan, Nvidia muvaffaqiyati faqat o‘sishi kutilayotganini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, Amerikaning ChatGPT chatbotining xitoylik raqobatchisi DeepSeek fond bozorlarini "silkitgan" va AQShning texnologik yetakchiligini shubha ostiga qo‘ygan. Chatbotning yangi versiyasi raqobatchilarga qaraganda kamroq quvvatga ega chiplarda ishlaydi, bu esa eng zamonaviy chiplarni ishlab chiqaruvchi Nvidia Corp kabi kompaniyalar ortiqcha baholanganmi degan savol tug‘diradi.

Kiritildi: 21:15 09.07.2025. O'qildi: 804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!