Iyun oyida O‘zbekistondagi ikkilamchi avtomobil bozorida benzinda harakatlanuvchi mahalliy modellar narxi 100–300 dollargacha qimmatlashdi. Elektromobillar esa aksincha, arzonlashmoqda.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti 2025 yil iyun oyida mamlakatdagi ikkilamchi avtomobil bozorini tahlil qildi. Unga ko‘ra, benzinda harakatlanuvchi mahalliy avtomobillar narxi o‘sish tendensiyasiga kirgan bo‘lsa, elektromobillar segmentida aksincha — pasayish kuzatilgan.
Onlik, Lasetti, Kobalt, Neksiya va Spark kabi mahalliy avtomobillar o‘rtacha 100–300 dollargacha qimmatlashdi. Jumladan, Lacetti modelining kam foydalanilgan turi $200, Nexia o‘rtacha foydalanilgani $300, Spark ko‘p foydalanilgani esa $200 ga oshgan.
Shu bilan birga, Damas, Onix va Cobalt kabi modellarda ham narxlar ma’lum miqdorda yuqorilagan. Bozordagi ushbu qimmatlashish may oyidagi qisqacha pasayishdan so‘ng kuzatilmoqda.
Lyuks toifasidagi mahalliy avtomobillar narxida esa turli tendensiyalar mavjud. Masalan, Equinox modelida kam foydalanilgan variant \$1 300 ga qimmatlashgan bo‘lsa, ko‘p foydalanilgani \$200 ga arzonlashgan. Malibu o‘rtacha foydalanilgan turi esa $500 arzonlashgan.
Elektromobillar segmentida esa pasayish umumiy ko‘rinishda aniq sezildi. Jumladan, BYD Han $1 600, BYD Song Plus EV turlari esa \$300–$675 oralig‘ida arzonlashgan. Faqatgina BYD E2 modelida biraz qimmatlashish qayd etilgan.
Xorijiy avtomobillar orasida Kia K5 ko‘p foydalanilgan turi $777 ga qimmatlashgan, Seltos esa \$677 arzonlashgan. Chevrolet Monza o‘rtacha foydalanilgan turida $73 miqdorida narx o‘sishi kuzatilgan.
Tahlilchilarning fikricha, bozordagi bunday o‘zgarishlar yonilg‘i narxi, talab va taklif, shuningdek, tashqi omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.