Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh xusiylarning Qizil dengizdagi yuk tashuvchilarga hujumini qoraladi

AQSh xusiylarning Qizil dengizdagi yuk tashuvchilarga hujumini qoraladi

Qo‘shma Shtatlar Yaman hutiylarining Qizil dengizdagi Magic Seas va Eternity C yuk tashuvchi kemalariga hujumlarini qoraladi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytilgan. Amerika ma’muriyatining pozisiyasiga ko‘ra, yuk tashuvchilarga qilingan hujumlar "Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan hutiylar navigasiya erkinligi, mintaqaviy iqtisodiyot va dengiz xavfsizligiga tahdid solayotganini ko‘rsatadi". Bayonotda qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlar savdo kemalarini “himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishda davom etadi”. Seshanba kuni Gresiyaning ERT-news telekanali hutiylarning Qizil dengizda Liberiya bayrog‘i ostida Gresiyaning Eternity C yuk tashuvchi kemasiga hujumi natijasida 3 kishi halok bo‘lgani va ikki kishi, jumladan bir rossiyalik yaralangani haqida xabar berdi. Bu ikki kun ichida ikkinchi hujumdir. 6 iyul kuni Liberiya bayrog‘i ostida Xitoydan olib kelingan metall va o‘g‘itlar yuki ostidagi Gresiyaning Magic Seas yuk tashuvchi kemasi Xodeydaning janubi-g‘arbida hujumga uchradi. Hujum uchun javobgarlikni Yamanning “Ansor Alloh” isyonchi harakatidan hutiylar o‘z zimmasiga oldi.

Kiritildi: 11:30 09.07.2025. O'qildi: 632 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!