Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukraina Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi so‘nggi sanksiyalar paketiga qo‘shildi

Ukraina Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi so‘nggi sanksiyalar paketiga qo‘shildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining 8 iyuldagi "Shaxsiy maxsus iqtisodiy va boshqa cheklovchi choralar (sanksiyalar" qo‘llash to‘g‘risida”gi qarorini kuchga kiritdi. Tegishli qarorlar davlat rahbari saytida e’lon qilingan. Vazirlar Mahkamasining har bir farmoyishi tegishli ravishda cheklash choralari kiritilgan yuridik va jismoniy shaxslarning ro‘yxati ko‘rsatilgan ikkita ilovadan iborat. Ukraina Tashqi ishlar vazirligiga Yevropa Ittifoqi, AQSh va boshqa davlatlarning vakolatli organlarini ushbu sanksiyalar qo‘llanilishi haqida xabardor qilish topshirildi. Ukraina prezidenti maslahatchisi Vladislav Vlasyukning aniqlik kiritishicha, Zelenskiy imzolagan farmonlar Ukraina sanksiyalarini YEIning 15, 16 va 17-sanksiya paketlari bilan sinxronlashtiradi. Unga ko‘ra, Ukraina sanksiya koalisiyasining barcha hamkorlari o‘rtasida sanksiyalarni to‘liq sinxronlashtirish muhimligini ta’kidlaydi.

Kiritildi: 10:05 09.07.2025. O'qildi: 691 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!