Qo‘shma Shtatlar hech qachon Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatmagan va buni davom ettirish niyatida. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Temmi Bryus brifingda aytib o‘tdi. Amerika ma’muriyatining Kiyevga qurol yetkazib berishni davom ettirish rejalariga izoh berish so‘roviga javoban Bryus so‘nggi pauzani AQSh hukumatining "yangi yondashuvi yoki pozisiyasi" sifatida baholamaslik kerakligini aytdi. "Biz Ukrainaning eng katta tarafdori bo‘lganmiz va shunday bo‘lib qolamiz" - dedi Bryus va AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati ukrainaliklarning o‘zlariga kerakli narsalarga ega bo‘lishi haqida qayg‘urishini tushuntirdi. "Biz ularga yordam bermoqdamiz va yordam berishda davom etamiz. Vaziyat ancha og‘ir va bu bizning pozisiyamiz, har doim shunday bo‘lgan. Vaziyat oydinlashganidan xursandman", - dedi Davlat departamenti matbuot kotibi.