Ispaniya Oliy sudi messenjer orqali bosh vazir Pedro Sanchesni o‘ldirish bilan tahdid qilgan shaxsga nisbatan chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi.
Bu haqda sudning rasmiy press-relizida xabar berilgan.
Uch yil avval ayblanuvchi "hukumat rahbarini o‘ldirish taklifi bilan bog‘liq jinoyatlar va harbiy qurollarni noqonuniy saqlash" uchun sakkiz yilu to‘qqiz oyga ozodlikdan mahrum etilgan edi.
Erkak 2018 yilda hibsga olingan edi. U bir necha bor hokimiyatning diktator Fransisko Frankoning jasadi qoldiqlarini eksgumasiya qilish qaroridan noroziligini bildirgan. U radikal qarashlarini yashirmadi. U shaxsiy xabarlarda ham, ochiqchasiga ham Bosh vazirni o‘ldirish niyatida ekanligini e’lon qildi.