Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

EI kelasi hafta G‘azodagi harakatlar yuzasidan Isroilga qarshi choralarni muhokama qiladi

EI kelasi hafta G‘azodagi harakatlar yuzasidan Isroilga qarshi choralarni muhokama qiladi

Evropa Ittifoqi kelgusi hafta Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlariga javoban unga qarshi mumkin bo‘lgan beshta chora ro‘yxatini taqdim etadi.

Euractiv nashri xabar berishicha, taklif qilinayotgan chora-tadbirlarning faqat ba’zilari ma’qullanishi ehtimoli yuqori – agar ulardan birortasi umuman qo‘llab-quvvatlansa.

Euractiv ma’lumotlariga ko‘ra, taqdim etiladigan hujjat quyidagi variantlarni ko‘rib chiqadi: Assosiasiya shartnomasining amal qilishini to‘liq yoki qisman to‘xtatib turish; shaxslarga, shu jumladan Isroil hukumati a’zolariga, askarlar va radikal ko‘chmanchilarga nisbatan sanksiyalar joriy etish; savdo cheklovlari; qurol embargosi, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va Isroil o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni to‘xtatib turish.

"Ushbu chora-tadbirlarning aksariyati avvalroq muhokama qilingan bo‘lsa-da, ular birinchi marta yozma hujjatda rasmiylashtiriladi”, — deyiladi nashrda.

Takliflar Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining 15 iyul kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 22:15 08.07.2025. O'qildi: 624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!