Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Eron TIV Trampning Tehron AQSh bilan muzokaralarga tayyorligi haqidagi bayonotlarini rad etdi

Eron TIV Trampning Tehron AQSh bilan muzokaralarga tayyorligi haqidagi bayonotlarini rad etdi

Eron Tashqi ishlar vazirligi AQSh prezidenti Donald Trampning Tehron Vashington bilan muzokaralarga qiziqish bildirgani haqidagi bayonotlarini rad etdi.

Bu haqda Eron TIV rasmiy vakili Esmoil Bag‘iy ma’lum qildi.

"Biz Amerika tomondan uchrashuv bo‘yicha hech qanday so‘rov olganimiz yo‘q", deb ta’kidladi Bag‘iy va Trampning bayonotlarini Qo‘shma Shtatlarga ishonch yo‘qolishi fonida kuch ko‘rsatishga urinish deb atadi.

Bir kun avval Tramp Tehronning tinch muloqotdan manfaatdorligiga ishonch bildirgan holda, AQSh Eron bilan muzokaralar o‘tkazishga kelishib olganini aytdi. U, shuningdek, Eron yadroviy dasturi to‘liq bartaraf etilgani va buni MAGATE tomonidan tasdiqlangani haqidagi avvalgi bayonotlarini takrorladi.

Bundan tashqari, ayrim OAVlar Trampning vakili Stiv Uitkoff yaqin vaqt ichida Eron delegasiyasi bilan uchrashuv tashkil etish rejasini ma’lum qilgani haqida xabar berdi.

Kiritildi: 21:45 08.07.2025. O'qildi: 667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!