Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xizmat vaqtida halok bo‘lgan profilaktika inspektori «Jasorat» medali bilan taqdirlandi (video)

Xizmat vaqtida halok bo‘lgan profilaktika inspektori «Jasorat» medali bilan taqdirlandi (video)

Bugun viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi mutasaddilar o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan vaqtda halok bo‘lgan, Xo‘jaobod tumani “Yuksalish” mahallasi hudud profilaktika inspektori katta leytenant Abdurasul Abduvaliyev oilasi bilan uchrashdi.

Bugun viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi mutasaddilar o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan vaqtda halok bo‘lgan, Xo‘jaobod tumani “Yuksalish” mahallasi hudud profilaktika inspektori katta leytenant Abdurasul Abduvaliyev onasi va oila a’zolariga hamdardlik bildirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan Abdurasul Abduvaliyevga vafotidan so‘ng berilgan «Jasorat» medalini topshirdi.

Uchrashuv davomida qahramonning yuksak fazilatlari, xizmat davridagi shijoati va mardligi yodga olindi.

Vatan tinchligi yo‘lida qilgan xizmatlari hech qachon unutilmasligi, doim e’tibor va e’zozda bo‘lishi ta’kidlandi.

Kiritildi: 18:25 08.07.2025. O'qildi: 869 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!