2023 yil 7 oktyabridan buyon Isroil armiyasining havo hujumlari va evakuasiya buyruqlari natijasida Falastin Qizil Yarim Oy jamiyatiga qarashli 18 ta tibbiyot muassasasi ishdan chiqarildi.
Tashkilotning rasmiy bayonotida qayd etilishicha, G‘azo shahrining Zaytun tumanida joylashgan klinika o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Bu qaror artilleriya hujumlari sababli tibbiyot xodimlari va bemorlarning xavfsizligiga tahdid tug‘ilganidan so‘ng qabul qilingan.
Shuningdek, Isroil armiyasi tomonidan berilgan evakuasiya buyruqlaridan so‘ng, G‘azo sharqida joylashgan ushbu klinikaga minglab falastinliklar yordam so‘rab murojaat qilgani qayd etilgan.
Falastin Qizil Yarim Oy jamiyati ushbu hujumlar va xavfsizlik tahdidlari insonparvarlik yordamini ko‘rsatish imkoniyatini jiddiy ravishda cheklayotganini ta’kidlamoqda.