Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

2025 yilning birinchi yarmida “Tez yordam” qanday maqsadlarda chaqirildi?

2025 yilning birinchi yarmida “Tez yordam” qanday maqsadlarda chaqirildi?

O‘tgan yilning ayni shu davriga nisbatan bu yil murojaatlar soni 8,4 foizga oshdi.

O‘tgan 2025 yilning dastlabki 6 oyi davomida mamlakatimiz bo‘ylab “103” xizmatiga jami 6 million 912 ming 243 ta chaqiriq kelib tushdi. O‘tgan yilning ayni shu davriga nisbatan bu yil murojaatlar soni 8,4 foizga oshdi, deya xabar beradi SSV axborot xizmati.

Chaqiruvlar:

  • 4 million 992 ming 108 tasi shoshilinch ko‘rsatma bilan,
  • surunkali kasalliklar – 1 ming 802 ming 348 ta,
  • bemorlarni tashish – 66 ming 917 ta,
  • tug‘ruqlar – 50 ming 870 tani tashkil qildi.

Eng ko‘p murojaatlar:

  • Toshkent shahri — 718 ming 819 ta;
  • Farg‘ona viloyati — 681 ming 580 ta;
  • Surxondaryo viloyati — 661 ming 767 ta;
  • Namangan viloyati — 647 ming 493 ta;
  • Andijon viloyati — 642 ming 366 ta qayd etilgan.

Eng kam chaqiriq

  • Navoiy viloyati (199 ming 930 ta),
  • Sirdaryo viloyati (221 ming 407 ta) va
  • Jizzax viloyati (267 ming 669 ta) kuzatildi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda “Tez yordam” xizmatida jami 2 857 ta tibbiy brigada faoliyat yuritmoqda.

Kiritildi: 17:22 08.07.2025. O'qildi: 705 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!