France Intelligence (Fransiya razvedka xizmati) ma’lum qilishicha, Xitoy o‘z elchixonalari orqali fransuzcha Rafale janguvchi samolyotlar samaradorligiga nisbatan shubha uyg‘otishga harakat qilmoqda. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
🚫 Ma’lumotlarga ko‘ra, Pokiston harbiy-havo kuchlari Hindistonga tegishli uchta Rafale samolyotini urib tushirgan. Bu voqea ushbu samolyotlarni xarid qilgan davlatlarda ularning samaradorligiga nisbatan savollar paydo qilishga sabab bo‘lgan.
Fransiya razvedkasiga ko‘ra, Xitoy harbiy attashelari Rafale samarador emas, degan qarashni yoymoqda va mijozlarga fransuz samolyotlari o‘rniga xitoylik janguvchi samolyotlarni xarid qilishni tavsiya qilmoqda.
❕ Parijda bu harakatni Dassault Aviation kompaniyasining global qurol bozoridagi pozisiyalarini buzishga urinish deb baholashmoqda.
Rafale va boshqa qurollarni sotish — Fransiya mudofaa sanoati uchun katta daromad manbai sanaladi.
Dassault Aviation kompaniyasi shu paytgacha 533 ta Rafale samolyoti sotgan, shundan 323 tasi eksport qilingan. Indoneziya 42 ta samolyotga buyurtma bergan va yana qo‘shimcha xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.