Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xitoy YEIdan tibbiy texnika importini chekladi

Xitoy YEIdan tibbiy texnika importini chekladi

Xitoy moliya vazirligi ma’lum qilishicha, Evropa kompaniyalariga qiymati "45 million yuan (taxminan $6,3 million)" dan ortiq bo‘lgan tibbiy uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha davlat tenderlarida ishtirok etish taqiqlandi.

Shuningdek, Xitoy uchinchi davlatlardan import qilinadigan tibbiy uskunalarga nisbatan ham cheklovlar joriy qilmoqda — agar uskunaning 50 foizdan ortiq qismlari Yevropa Ittifoqida ishlab chiqarilgan bo‘lsa, ularni import qilish mumkin emas.

Ammo bu taqiq Xitoy hududida joylashgan Yevropa kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarga taalluqli emas — bunday korxonalar tenderlarda ishtirok etishda davom etishi mumkin.

Bu choralar Xitoy va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi savdo nizosi doirasida joriy qilinmoqda. Pekin, shuningdek, YEIdan olib kiriladigan brendi spirtli ichimliklariga nisbatan antidemping bojlari va narx majburiyatlari joriy etilishini e’lon qildi — bu choralar keyingi 5 yil davomida amal qiladi.

Avvalroq, 2024 yil 20 iyun kuni Evropa Komissiyasi Yevropa Ittifoqida 5 million yevro va undan ortiq qiymatdagi tibbiy uskunalarni xarid qilish tenderlaridan Xitoy kompaniyalarini chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.

Kiritildi: 20:55 07.07.2025. O'qildi: 485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!