Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Urushlar sababli aviaparvozlar uchun xavf oshmoqda — Deutsche Welle

Urushlar sababli aviaparvozlar uchun xavf oshmoqda — Deutsche Welle

"Ukrainadan Yaqin Sharqqacha bo‘lgan hududlardagi xalqaro harbiy mojarolar aviaqatnovlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tashuvchilar nafaqat bir qator havo yo‘nalishlaridan chetlanishga, balki navigasiya tizimlaridagi to‘siqlarni ham bartaraf etishga tayyor bo‘lishlari zarur", deya yozmoqda nashr.

Qayd etilishicha, Eron va Isroil o‘rtasidagi urush aviakompaniyalar faoliyatini yanada murakkablashtirgan, ular mojaro hududini chetlab o‘tishga harakat qilayotganda, ayni paytda Rossiya havo bo‘shlig‘ida parvozlar uchun joriy etilgan taqiqqa ham rioya qilishlari shart bo‘lgan.

Flightradar24 sayti ma’lumotlariga ko‘ra, G‘arb aviatashuvchilarining aksariyati Iroq havo hududi yoki Arabiston yarim oroli ustidan o‘tadigan marshrutni afzal ko‘rmoqda.

"Mojarolarning tijorat aviasiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirining yana bir misoli Pokiston bo‘lib, u 2025 yil aprelida Hindiston bilan qurolli to‘qnashuvdan so‘ng hind aviatashuvchilari uchun o‘z havo hududini yopdi. G‘arb aviakompaniyalari uchun taqiq amal qilmasa-da, ularning ko‘pchiligi hamon bu mintaqa ustidan parvoz qilishdan o‘zini tiymoqda", deyiladi DW maqolasida.

Tahlilchi Jon Grantning fikricha, Yevropa aviakompaniyalari Rossiyaning Ukrainaga qarshi uch yillik urushi davomida Rossiya ustidan uchishlar taqiqiga moslashib olgan.

Kiritildi: 20:15 07.07.2025. O'qildi: 539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!