Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

“Erik” to‘foni Meksikaga yetib keldi

“Erik” to‘foni Meksikaga yetib keldi

Meksika hukumati, ayniqsa, Akapulko shahri va Puerto-Anxel mintaqasida vayronagarchiliklar yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, deya xabar beradi Anadolu.

Meksikaning janubi-g‘arbiy qismiga yetib kelgan “Erik” to‘foni o‘ta xavfli 4-toifaga yetdi, deb xabar berdi AQSh Milliy to‘fon markazi.

Markaz bayonotida ta’kidlanishicha, bo‘ron Meksikaning janubi-g‘arbiy qismi va unga tutash hududlarga kuchli yog‘ingarchilik olib kelishi, bu esa halokatli sel va suv toshqinlariga sabab bo‘lishi mumkin.

Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum videomurojaatida mintaqadagi barcha tadbirlar to‘xtatilganini ta’kidladi va aholini uyda yoki boshpanalarda qolishga chaqirdi.

"Erik" to‘foni Meksikani qamrab olar ekan, kuchli yomg‘ir Braziliyada ham kundalik hayotga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Rasmiylarga ko‘ra, Riu-Grandi-du-Sul shtatida bo‘ron tufayli 2600 dan ortiq kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

Shuningdek, elektr ta’minotidagi uzilishlar, ko‘chkilar va ko‘priklarning qulashi ham qayd etilgan. Tabiiy ofat oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, bir kishi bedarak yo‘qolgan.

Kiritildi: 22:35 20.06.2025. O'qildi: 1911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!