Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

BMT Xavfsizlik Kengashi Eron-Isroil mojarosi yuzasidan favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi

BMT Xavfsizlik Kengashi Eron-Isroil mojarosi yuzasidan favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi 20 iyun kuni Eron va Isroil o‘rtasidagi davom etayotgan taranglikni muhokama qilish uchun favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi.

Uchrashuv kun tartibining "Xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid" moddasi bo‘yicha tashkil etiladi.

Favqulodda yig‘ilish o‘tkazish talabi Eron tomonidan 18 iyun (S/2025/391) maktubida yuborilgan. Bu tashabbus Jazoir, Xitoy, Pokiston va Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Yig‘ilishda Bosh kotibning siyosiy va tinchlikparvarlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Rozmari DiKarlo va Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori Rafael Mariano Grossi brifing berishi kutilmoqda.

Kengash yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari ham so‘zga chiqishi kutilmoqda.

Kiritildi: 09:40 20.06.2025. O'qildi: 428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!