Meksika rasmiylari AQSh bilan chegaradagi Tixuana shahri yaqinida 600 metr uzunlikdagi tunnelni aniqladi, u orqali Amerika hududiga narkotik moddalarni olib o‘tishda foydalanilgan.
Bu haqda Meksika jamoat xavfsizligi va fuqarolarni himoya qilish vaziri Omar Garsiya Xarfush ma’lum qilgan.
"Tixuanada (Kaliforniya shtati) uzunligi taxminan 600 metr bo‘lgan tunnel topildi, u Meksikani AQSh bilan bog‘laydi va giyohvand moddalar kontrabandasi uchun foydalaniladi", deb yozadi u.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, tunnel Respublika Bosh prokuraturasi va Quyi Kaliforniya shtati rasmiylari ko‘magida jamoat xavfsizligi, mudofaa va dengiz floti vazirliklari xodimlarining qo‘shma operasiyasi chog‘ida aniqlangan. Xarfushning qo‘shimcha qilishicha, bu kashfiyot giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish doirasida order asosida o‘tkazilgan tintuv paytida aniqlangan.