Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Netanyaxu: "Isroilning maqsadi Eron hukumatini ag‘darish emas"

Netanyaxu: "Isroilning maqsadi Eron hukumatini ag‘darish emas"

Eron hukumatini ag‘darish Isroilning Erondagi harbiy amaliyotining asosiy maqsadi emas, balki uning natijasi bo‘lishi mumkin.

Bu haqda yahudiy davlati bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Kan davlat teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

"Asosiy maqsad - Eron yadro tahdidini bartaraf etish, ikkinchidan, ballistik raketalar tahdidini yo‘q qilish kerak. Shu bilan birga, Eronda hukumat beqaror bo‘lishi aniq. Bu Eronda hukumatni ag‘darish maqsad emas, balki natija bo‘lishi mumkin", - dedi qo‘shimcha qildi Isroil vazirlar mahkamasi rahbari.

Kiritildi: 07:10 20.06.2025. O'qildi: 1041 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!