Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz tumani Hisor tog‘i yon bag‘ridagi Miraki hududining turistik salohiyati bilan tanishdi.
Bu yerda Oqsuv daryosining ikki qirg‘og‘i bo‘ylab piyoda va velosipedda yurish uchun o‘n kilometrlik “eko yo‘lak” tashkil etilgan.
Bolalar maydonchasi, ko‘ngilochar bog‘, nuroniylar maskani, oilaviy mehmon uylari hamda ko‘chma savdo shoxobchalari mahalla ko‘rkini oshirgan.
“Miraki spa and resort” dam olish maskanida ikkita mehmonxona, savdo va ko‘ngilochar majmua barpo qilingan.
Miraki, Amir Temur, Uloch va Polmon mahallalarida sayyohlar uchun qulayliklar yaratilmoqda. Umumiy 240 gektar maydonda 400 million dollarlik 117 ta loyiha amalga oshirilayotir, deyiladi xabarda.