"O‘zenergoinspeksiya" Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan IIB ishtirokida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Urganch tumani "Oq ariqlar" MFYda joylashgan "I. T. B. Q." MCHJ sug‘orish maqsadida foydalanayotgan suv nasoslari uchun elektr ta’minoti bilan shartnoma rasmiylashtirmasdan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 8 milliard 672 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.