31 may kuni soat 06:30 atrofida Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi Istiqlol ko‘chasi, 1-uy oldidagi daraxtdan 2006 yilda tug‘ilgan, Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida yashovchi yigitning jasadi osilgan holda topilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda marhum qimor o‘yinlarida katta miqdorda qarzga botgani haqida rasmiy tasdiqlanmagan xabarlar tarqaldi. Ammo bu bo‘yicha hozircha rasmiy izoh berilmagan.