Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navbahor tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro U.A. “Sarbozor” MFY hududidagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zboshimchalik bilan ulanib, 183,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Bekobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “R.X.” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarib kelgan M.R. tijorat maqsadida tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 107,3 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.