Tomonlar savdo, investisiyalar, mehnat migrasiyasi va yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalarini muhokama qildi.
Xususan, migrasiya tartib-taomillarini tezlashtirish choralari va patent rasmiylashtirish bosqichlarining bir qismini O‘zbekistonga ko‘chirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, OTMlarning yangi filiallarini ochish va MISiS muhandislik maktabini ishga tushirish muhimligi qayd etildi.
"O‘zaro ishonch va ochiqlik ruhida o‘tgan suhbat hamkorlikda amaliy natijalarga erishishga tomonlarning intilishi qat’iy ekanligini tasdiqladi.
Ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun Rossiya tomoniga samimiy minnatdorlik bildiraman." deydi prezident maslahatisi Saida Mirziyoyeva.