Jizzax viloyati, Jizzax shahar, "Xalqabod" MFYda joylashgan bozor yaqinidagi choyxonada yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yong‘inni bartaraf etishga 11 ta asosiy yong‘in-qutqaruv ekipaji, 1 ta maxsus, 2 ta yordamchi texnikalar jalb etildi.
Yong‘in natijasida 2 qavatli umumiy ovqatlanish shahobchasi va savdo do‘konlarining taxminan 400-500 kv.m maydoni yonib zararlangan.
Yong‘in soat 14:50 da o‘chirilgan.