Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp: "Biz Suriyaning muvaffaqiyatli bo‘lishini xohlaymiz..."

Tramp: "Biz Suriyaning muvaffaqiyatli bo‘lishini xohlaymiz..."

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil rahbariyatiga yahudiy davlati tomonidan Suriyaning yangi rahbariyatini tan olish bo‘yicha hech qanday iltimos bildirmaganini ma’lum qildi.

"Men Isroildan buni so‘raganim yo‘q," - dedi u BAA dan AQShga ketayotgan prezident samolyotida jurnalistning shu haqidagi savoliga javob berarkan.

Uning aytishicha, AQShning Suriyaga nisbatan sanksiyalarini bekor qilish Isroilga Damashq bilan munosabatlarni normallashtirish kerakligi haqidagi signal emas. "Bu shunchaki biz to‘g‘ri deb topgan narsa," - dedi Tramp sanksiya tartibini yumshatish sabablarini tushuntirib.

Tramp, shuningdek, Suriyaga nisbatan sanksiyalar rejimining yumshatilishi va mamlakat yangi rahbariyatining muvaqqat boshlig‘i Ahmad ash-Shar’a boshchiligida bo‘lishi mamlakatning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun asos bo‘lishini ta’kidladi. "Biz Suriyaning muvaffaqiyatga erishishini istaymiz. Ko‘rib turganingizdek, bu sanksiyalar haqiqatan ham juda qattiq edi va ular mavjud bo‘lganda mamlakatning muvaffaqiyatga erishish imkoniyati umuman yo‘q edi. Endi ularning imkoniyatlari bor va ularning rahbari - kuchli shaxs, yosh, g‘ayratga to‘la, u yaxshi natijalarga erishishni xohlaydi," - dedi Tramp.

Kiritildi: 20:36 16.05.2025. O'qildi: 499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!