Joriy yilning 9 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda bloger Ulug‘bek Ashur tomonidan Andijon viloyati hokimi SH. Abdurahmonovga nisbatan og‘ir va asossiz ayblovlar keltirilgan post joylashtirildi. Unda bloger “Andijonlik fuqaro ma’lumot berishicha” degan so‘zlar bilan, go‘yoki viloyat hokimi voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinoiy harakat sodir etgani haqida aytib o‘tgan.
Andijon viloyati hokimligi ushbu ma’lumotlarni keskin rad etadi. “Fuqaro ma’lumotiga” asoslangan, hech qanday dalilga ega bo‘lmagan bunday postlar shaxs sha’ni, qadr-qimmati va nufuziga ochiqdan-ochiq tajovuzdir.
Ijtimoiy tarmoqlardagi tuhmat va haqoratlarga asos bo‘layotgan manbalar shubhali va noqonuniy bo‘lib, bu holatga huquqiy baho beriladi.
Ayni paytda, Andijon viloyati hokimligi tomonidan ushbu asossiz ma’lumotlarni tarqatganlar va jamoatchilik ongida noto‘g‘ri fikr uyg‘otishga uringan shaxslar yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilindi. Qonunga muvofiq ravishda ularga nisbatan jazo choralari qo‘llaniladi.