Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Soliq mobil ilovasida qancha odam ro‘yxatdan o‘tgani ma’lum qilindi

Soliq mobil ilovasida qancha odam ro‘yxatdan o‘tgani ma’lum qilindi

Joriy yil 1 may holatiga ko‘ra, Soliq mobil ilovasida 10 million 965 ming nafardan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, ilovaning faol foydalanuvchilari 6,5 million nafardan ortiqni tashkil etmoqda. Aprel oyida ilova xizmatlaridan 115,7 million marta foydalanilgan. Sotib olingan tovar va xizmatlar chekini ro‘yxatdan o‘tkazgan fuqarolarga oy davomida 115,1 milliard so‘mlik keshbeklar berilgan.

Mart oyida 103,2 milliard so‘mdan ortiq keshbek to‘langandi. O‘shanda to‘langan keshbeklarning eng katta qismi Toshkent shahri (45 milliard so‘m) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Qo‘mita hisobotida qayd etilishicha, 2024 yilda iste’molchilarga 1 milliard dona chek uchun 1 trillion 52 million so‘mdan ortiq keshbek to‘langan. Mazkur davrda to‘langan keshbeklarning eng katta qismini Toshkent shahri aholisi olgan — 412,2 milliard so‘m. Keyingi o‘rinlarda Toshkent (107,1 milliard so‘m), Samarqand (93,2 milliard so‘m), Farg‘ona (75,6 milliard so‘m) va Andijon (52 milliard so‘m) viloyatlari qayd etilgan.

Kiritildi: 09:56 11.05.2025. O'qildi: 525 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!