Rossiya-Ukraina urushida o‘t ochishni to‘xtatish uchun AQSh va G‘arb Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatishi kerak, deb aytdi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ABC News bilan suhbatda.
"Agar biz o‘t ochishni to‘xtatish haqida gapirayotgan bo‘lsak, u holda Ukrainaga AQSh va Yevropa mamlakatlaridan har kuni kelib turgan qurol-yarog‘lar bilan nima qilishimiz kerak?" - dedi Peskov.
Uning ta’kidlashicha, agar bu ta’minot to‘xtatilmasa, Kiyev tinchlik davridan yangi harbiylarni tayyorlash va hozir jang qilayotganlarning dam olishi uchun foydalanishi mumkin.
"Shunday ekan, nima uchun biz Ukrainaga bunday ustunlik berishimiz kerak?" - deb so‘radi Peskov.
U jurnalistning Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy harakatlarni to‘xtatishni xohlamayotgani haqidagi fikrlarini inkor etdi. "Putin muammoni hal qilish, tinch va diplomatik yo‘l bilan yechimga erishish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanmoqda. Ammo hozircha bunday vositalar yo‘q, shuning uchun biz harbiy operasiyani davom ettirishga majburmiz," dedi matbuot kotibi.