Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya JCH-2026da qatnashishi mumkin, faqat...

Rossiya JCH-2026da qatnashishi mumkin, faqat...

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyani 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etishga ruxsat berish g‘oyasini ilgari surdi. Uning fikricha, bu taklif Moskva uchun Ukraina urushini to‘xtatishga turtki bo‘lishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, Tramp bu fikrini FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashuvi chog‘ida bildirgan. Uchrashuv davomida u Rossiyaning 2022 yildan beri xalqaro futbol musobaqalaridan chetlashtirilganini ilk bor eshitgani aytilmoqda.

FIFA rahbari Infantino ham vaziyatga umid bilan qarayotganini bildirdi.

“Ha, hozirda Rossiya futbolchilari ishtirok eta olmaydi, ammo umid qilamizki, yaqin kelajakda tinchlik qaror topadi va ular yana xalqaro maydonlarga qaytadi,” — deya ta’kidladi.

Tramp esa ushbu holatni diplomatik imkoniyat sifatida ko‘rib, quyidagicha fikr bildirdi: “Bu amalga oshishi mumkin. Bu Rossiya uchun ijobiy rag‘bat bo‘lishi mumkin, to‘g‘rimi? Biz ularning to‘xtashini istaymiz”.

Kiritildi: 11:31 09.05.2025. O'qildi: 926 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!